AsosiyJamiyat

Surxondaryoda mas`ullarning mas`uliyatsizligi sabab tabiatga 21,5 mln so`m zarar etdi

'Surxondaryoda mas`ullarning mas`uliyatsizligi sabab tabiatga 21,5 mln so`m zarar etdi'ning rasmi

O`rmon xo`jaligi xodimlari o`z hududida huquqbuzarlik sodir etilishiga yo`l qo`yganligi uchun javobgarlikka tortildi. 

Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Boysun tuman Ekologiya bo`limiga kelib tushgan tezkor xabarlarga asosan Boysun davlat o`rmon xo`jaligi “Xomkon” bo`limi o`rganilganda mazkur bo`lim xodimlarining o`z ishiga sovuqqon munosabatda bo`lganligi ortidan 4 tup o`suvchanligini yo`qotmagan “Zarafshon” archasi, 2 tup o`suvchanligini yo`qotgan “Zarafshon” archasi tag qismidan kesilganligi, shuningdek, 43 tup archa daraxtlarining yon shoxlari kesilib, shikastlantirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “Xomkon” o`rmon bo`limi xodimlarining har biriga nisbatan MJtKning 95-moddasi 1-qismiga binoan ma`muriy jarima qo`llanilib, tabiatga etkazilgan 21 million 583 ming so`m zararni qoplash belgilandi.

    Boshqa yangiliklar