AsosiyJamiyat

"Nyu-York–Toshkent" reysida janjal ko`targan yo`lovchi keltirgan zarar 22 ming dollarga baholandi

'"Nyu-York–Toshkent" reysida janjal ko`targan yo`lovchi keltirgan zarar 22 ming dollarga baholandi'ning rasmi

11 dekabr kuni Nyu-York – Toshkent reysida uchgan yo`lovchilardan birining bortda mast holatda janjal ko`targani hamda xavfsizlik talablarini buzgani sabab samolyot Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qo`nishga majbur bo`lgan edi. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamentining ma`lum qildi.

O`sha vaqtda havo kemasi 237 nafar yo`lovchi bilan reys yo`nalishi bo`yicha uchayotgan bo`lgan. Favqulodda holat sabab yo`nalish o`zgargan va shuning oqibatida “Uzbekistan Airways” AJ 22 ming 244 dollar zarar ko`rgan. 

Holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik), 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, yo`lovchi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar