AsosiyJamiyat

Metan gaz “zapravka”lar faoliyati to`liq tiklanishi kutilmoqda

'Metan gaz “zapravka”lar faoliyati to`liq tiklanishi kutilmoqda'ning rasmi

Avvalroq O`zbekistonda barcha metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlashi belgilangan, keyinroq ularning ish vaqti 12:00 gacha qisqartirilgandi.

Ayrim joylarda iste`mol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda va iste`molchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Muammolar kuzatilgan joylarda gaz ta`minotini yaxshilash borasida soha mutaxassislari tomonidan barcha kerakli ishlar davom ettirilmoqda. 2023 yilning 13 dekabr kuni gaz ta`minoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji iste`molchilarga 1 13,5 million kub metr tabiiy gaz etkazib berildi. Bundan tashqari suyultirilgan gaz iste`molchilariga 2 223 tonna yoqilg`i etkazilgan.

Ayni vaqtda cheklovlar kiritilgan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlaridagi AGTKShlar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Hududlarda avariya holatlari kuzatilganda, mutaxassislar joyiga yuborilmoqda va ular muammolarni bartaraf etishmoqda.

“Hududgazta`minot” AJ fuqarolardan gaz jihozlaridan faqat birlamchi zaruriyatlar uchun foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini o`chirishni so`ragan.

“Hududgazta`minot” AJ tizimi mutaxassislari barcha takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni 1104 telefon raqami orqali, gaz sizib chiqishi holatlari, favqulodda vaziyatlarni va boshqa texnik muammolarni bartaraf etish bo`yicha arizalarni 104 raqami orqali qabul qiladilar.

    Boshqa yangiliklar