AsosiyJamiyat

So`nggi 11 oyda tijorat maqsadida 61,1 ming nafar chet el fuqarolari O`zbekistonga kelgan

'So`nggi 11 oyda tijorat maqsadida 61,1 ming nafar chet el fuqarolari O`zbekistonga kelgan'ning rasmi

Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jami  61,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurgan.

O`zbekistonga joriy yilning 11 oyida tijorat maqsadida eng ko`p tashrif  buyurgan davlatlar fuqarolari:

Turkmaniston – 39 342 nafar;

Tojikiston – 13 474 nafar;

Turkiya – 947 nafar;

Xitoy – 916 nafar;

Janubiy Koreya – 563 nafar; 

boshqa davlatlardan – 5 824 nafar.

    Boshqa yangiliklar