Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G`ijduvon tuman bo`limi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda “Isuzu” rusumli avtotransport vositasida fuqaro U.V. va boshqalar 3 499 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o`tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.A. “Cobalt” rusumli avtotransport vositasida 1 378 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o`tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
14.12.2023 17:45
Ikki viloyatda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotmoqchi bo`lganlar ushlandi






