AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qozog`istondagi o`zbekistonliklarni ogohlantirmoqda

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qozog`istondagi o`zbekistonliklarni ogohlantirmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qozog`istonda bo`lib turgan va tranzit yo`nalishida harakatlanayotgan O`zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi. 

So`nggi kunlarda Qozog`iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo`llarda harakatlanish bilan bog`liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. 

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo`llarda harakatlanish cheklangan.

Shu munosabat bilan, agentlik ushbu davlatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan yo`llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo`lmaganda uzoq masofali yo`llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so`raymiz, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar