AsosiyDunyo

Rossiya maqsadlariga erishsa, Ukrainada tinchlik bo`ladi - Putin

'Rossiya maqsadlariga erishsa, Ukrainada tinchlik bo`ladi - Putin'ning rasmi

Rossiya "maxsus harbiy operasiya" (SVO) maqsadlariga erishganida Ukrainada tinchlik bo`ladi.Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin to`g`ridan-to`g`ri matbuot anjumani chog`ida aytdi.

“Maqsadlarimizga erishganimizda tinchlik bo`ladi. Ular o`zgarmaydi. Biz nima haqida gaplashganimizni eslatib o`taman – Ukrainani denasifikasiya va demilitarizasiya, uning neytral maqomi”, — dedi u qachon tinchlik bo`ladi, degan savolga javob berib.

Prezidentning ta`kidlashicha, bugungi kunda Ukraina deyarli hech narsa ishlab chiqarmaydi.

“Ular nimanidir tejashga harakat qilishadi, lekin deyarli hech narsa ishlab chiqarmaydilar. Hamma narsani olib kelishadi, tekinga. Ammo bu bepul sovg`a qachondir tugashi mumkin. Tugayotganga o`xshaydi”, - deydi Rossiya prezidenti.

 

 

    Boshqa yangiliklar