Rossiya rahbari safarbarlik mavzusiga to`xtalar ekan, ikkinchi to`lqinga ehtiyoj yo`qligini aytdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilgan matbuot anjumanida ma`lum qilgan.
Putinning so`zlariga ko`ra, qisman safarbarlik paytida ular 300 ming kishini yollashga muvaffaq bo`lgan, shundan so`ng rasmiylar shartnoma asosida harbiy xizmatchilarni yollashga o`tgan. Kecha 486 ming kishi armiya safiga qo`shilgan. O`z vatanini himoya qilishga tayyor bo`lgan erkaklar oqimi esa kamaymayapti, har kuni 1,5 ming kishi ko`ngilli xizmat qiladi, dedi Rossiya Federasiyasi Prezidenti.
Yil oxirigacha Rossiya Qurolli kuchlari safiga yarim millionga yaqin ko`ngillilarni jalb etish rejalashtirilgan, deya qo`shimcha qildi Putin.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukraina bilan munosabatlarda sodir bo`layotgan voqealar birodarlar o`rtasidagi fuqarolar urushiga o`xshab ketayotganini ta`kidlab, ruslar va ukrainlarni “yagona xalq” deb atadi.
Ukraina mojarosiga G`arbning "Rossiya chegaralari tomon o`rmalab, Ukrainani NATOga olish"ga bo`lgan cheksiz istagi sabab bo`ldi, deb hisoblaydi u.






