Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekistonda yashash va ovqatlanish sohasida 13,8 trln so`mlik xizmatlar ko`rsatilgan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 9,6 %ga oshgan.
Ushbu xizmatlar bo`yicha eng yuqori o`sish sur`atlari Samarqand viloyatida qayd etilgan bo`lib, 129,7 %ni tashkil etgan.
Hududular kesimida yashash va ovqatlanish xizmatlarining o`sish sur`atlari:
Qoraqalpog`iston Resp. – 104 %;
Andijon viloyatida – 107,8 %;
Buxoro viloyatida – 106,1 %;
Jizzax viloyatida – 106,4 %;
Qashqadaryo viloyatida – 109,1 %;
Navoiy viloyatida – 102,7 %;
Namangan viloyatida – 106,8 %;
Samarqand viloyatida – 129,7 %;
Surxondaryo viloyatida – 104,9 %;
Sirdaryo viloyatida – 113,2 %;
Toshkent viloyatida – 105,3 %;
Farg`ona viloyatida – 108,4 %;
Xorazm viloyatida – 108,9 %;
Toshkent shahrida – 109,2 %.
14.12.2023 18:52
O`zbekistondagi qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqoriligi aytildi






