AsosiyDunyo

Qozog`istonda o`quvchi partaga urilib, vafot etdi

'Qozog`istonda o`quvchi partaga urilib, vafot etdi'ning rasmi

Aqto`be shahridagi maktablardan birida 13 yoshli o`quvchi vafot etdi.

Ta`kidlanishicha, fojea uchinchi qavatda sodir bo`lgan. Sinfga yugurib kirgan bola, ostonada qoqilib, tomog`i bilan parta burchagiga urilgan.

Aqto`be viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi sodir bo`lgan voqea haqidagi ma`lumotni tasdiqlagan.

Tekshiruv vaqtida jag` sohasida jarohat aniqlangan. Darhol reanimasiyaga olib borilgan va soat 11:25 da bolada o`lim holati haqidagi ma`lumot qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar