2023 yil yanvar-noyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 112 480 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 104 053 tasi xarid cheki bermaslik;
- 4 351 tasi to`lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 222 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 3 854 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo`yicha.
Murojaatlarning 62 040 tasi takroriy bo`lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Murojaatlar asosida 45 117 ta sayyor soliq tekshiruvi o`tkazilib, 99,4 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo`yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 45 060 ta holat bo`yicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 36,8 mlrd so`m mukofot to`langan.






