AsosiyJamiyat

Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour turnirida 3-o`rinni egalladi

'Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour  turnirida 3-o`rinni egalladi'ning rasmi

Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo`yicha Champions Chess Tour Finals 2023 turniri bo`lib o`tdi.

Umumiy mukofot jamg`armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.

14 dekabr kuni yarim final bosqichi juftliklarining ikkinchi set bahslari o`tkazildi. Birinchi juftlikda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen amerikalik Fabiano Karuanani 3:2 hisobida mag`lub etdi.  

Ikkinchi yarim finalda esa Nodirbek birinchi setdagi ustunligini saqlab qola olmadi. Raqib Uesli So ikkinchi setda 2,5:1,5 hisobida g`alaba qozonib, hisobni tenglashtirdi. G`olib nomini aniqlab bergan uchinchi setning ikki partiyasida ham durang natija qayd etildi. Finalchini aniqlagan armagedon partiyasida Nodirbek mag`lub bo`ldi.

Shu tariqa Abdusattorov turnirni 3-o`rinda yakunladi. O`zbekistonlik grossmeyster 50 ming dollar mukofot pulini qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar