Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni ma`qulladi. Bu haqda mamlakat madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zarg`amiy ma`lum qildi, deb xabar beradi “Irna” agentligi.
Viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar orasida O`zbekiston ham bor. Shuningdek, ro`yxatdan BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Xorvatiya, Belarus va boshqa davlatlar o`rin olgan.
“Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqchi, eronofobiya bilan kurashmoqchi. Viza rejimining bir tomonlama bekor qilinishi Eronga bemalol keladigan chet el fuqarolari bilan muloqot qilish uchun imkoniyatdir”, — deydi Zarg`amiy.






