AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bo`rini tutib olib qiynoqqa solishdi

'Qashqadaryoda bo`rini tutib olib qiynoqqa solishdi'ning rasmi

Davlat raqami  70 Y 991 HA  bo`lgan NEXIA  rusumli avtomashina egalari bir dona bo`rini tutib olib  qiynoqqa solishgan. Keyin bo`rini davlat raqami 70 B 474 SA bo`lgan avtomashinaga yuklashgani aks etgan video murojaat kelib tushdi. Bu haqda  ekolog.uz kanali xabar beradi.

Bo`rini qo`yib yuborish o`rniga uni turli ko`ylarga solib qiynashgan. Video yakunida uni boshqa mashinaga yuklayotgan shaxs bo`rini faqatgina bitta shart bilan, ya`ni uning quloqlarini kesib berishsagina mashinasiga yuklashini bildirgan.

Voqea qachon va qaerda bo`lgan, bo`rining keyingi taqdiri nima bilan tugagani bizga noma`lum. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligidan ushbu holatni o`rganib munosabat bildirishlarini, hamda ushbu shaxslarga qonuniy jazo choralari ko`rishlarini so`raymiz, deyiladi xabar so`ngida.

    Boshqa yangiliklar