AsosiyJamiyat

Toshkent vodiy va Samarqand viloyatlarida "metan zapravkalar"dagi cheklov yumshatildi

'Toshkent vodiy va Samarqand viloyatlarida "metan zapravkalar"dagi cheklov yumshatildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekistonning barcha hududlarida metan zapravkalar faoliyati soat 6:00 dan soat 12:00 gacha etib belgilangan edik.

"Hududgazta`minot" AJning xabar berishicha, bugundan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlaridagi AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar yumshatildi va ular mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettiradi. 

"Hozirgi vaqtda tabiiy gazni teng taqsimlash va iste`molchilarga bir maromda etkazib berish bo`yicha barcha zaruriy choralar ko`rilmoqda. «Zangori yoqilg`i» to`liq hajmda etkazib berilyapti, etishmovchilik kuzatilmayapti. Ammo ayrim joylarda iste`mol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda va iste`molchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar