Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Marg`ilon shahrida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmatining xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha 2003 yilda tug`ilgan Yu.M. Tahoe rusumli avtomobilni boshqarib, Marg`ilon shahar "A.Yassaviy" va "Tinchlik" ko`chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib harakatlanishi oqibatida o`z yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Tico rusumli transport vositasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada Tico rusumli avtomobil haydovchisi va bir nafar yo`lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






