Sovuq antitsiklon O`zbekiston hududidan tez chekinmoqda. Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqqacha kuchsizlashadi, bugun kunduzi esa havo 4-9 daraja iliqqacha isiydi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat 3-8 daraja sovuq atrofida bo`ladi.
15 dekabr, juma kuni kunduzi O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubiy va janubi-g`arbiy hududlarida kechga tomon ba`zi joylarda asosan yomg`ir ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik bo`ladi. 16 dekabr, shanba kuni janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg`ir va qor ko`rinishida biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Kunduzgi havo harorati 0-5 daraja iliqqacha biroz pasayadi.
Tog`li hududlarda asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. 17 dekabr, yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun va yakshanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 15 dekabrda 6-8 daraja iliq, 16-17 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 16 dekabrda 0-2 daraja iliq, 17 dekabrda 3-5 daraja iliq bo`ladi.






