Eron hukumati 33 davlat, jumladan, O`zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga vizalarni bekor qildi. Bu haqda IRNA agentligi mamlakat madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Azzatulloh Zarg`amiy bayonotiga tayanib, yozmoqda.
Unga ko`ra, Eron vazirlar mahkamasi sayyohlar uchun viza tartibini bir tomonlama bekor qilishga qaror qilgan. Bu qaror sayyohlar sonini oshirishga qaratilgan.
Ro`yxatga O`zbekistondan tashqari Belarus, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va boshqalar ham kiritilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning sakkiz oyida Eronga 4,4 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan, bu o`tgan yilga nisbatan qariyb 50 foizga ko`pdir.






