AsosiyDunyo

Ukrainada deputat yig`ilishda granatalarni portlatdi(video)

'Ukrainada deputat yig`ilishda granatalarni portlatdi(video)'ning rasmi

Ukrainada mahalliy deputat qishloq kengashi majlisi o`rtasida granatalarni portlatib yubordi. Bu haqda Ukraina milliy polisiyasi o`zining Telegram-kanalida ma`lum qildi.

Hodisa Ukrainaning Zakarpat viloyatidagi Keretskiy qishlog`ida sodir bo`lgan. Oqibatda 26 kishi tan jarohati oldi, ulardan 6 nafarining ahvoli og`ir. 

Bundan tashqari, shifokorlar granatalarni olib kelgan odamni jonlantirishga harakat qilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, buni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “Sluga naroda” partiyasidan deputat Sergey Batrin amalga oshirgan.

“Hodisa joyida barcha tegishli xizmatlar, polisiya tergov guruhi, portlovchi moddalar bo`yicha ekspertlar va kriminologlar ishlamoqda. Birlamchi tergov harakatlari davom etmoqda”, — dedi Milliy polisiya vakillari.

Avvalroq Oliy Radaning “Sluga naroda” partiyasidan saylangan deputati Aleksandr Kunitskiyga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, erkak Ukrainadan chet elga noqonuniy sayohat qilishga ruxsat bergan.

    Boshqa yangiliklar