AsosiyJamiyat

Xorazmdagi bog`chada bolalarni urib mashg`ulot o`tayotgan tarbiyachilar aks etgan video tarqaldi(video)

'Xorazmdagi bog`chada bolalarni urib mashg`ulot o`tayotgan tarbiyachilar aks etgan video tarqaldi(video)'ning rasmi

Xorazmdagi bog`chalardan birida bolalarni urib dars o`tayotgan tarbiyachilar aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat Urganch tumani 23-son maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir bo`lgan. Ushbu vaziyatni o`rganish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirilib, o`rganish ishlari olib borildi.

Ish faoliyati davomida yo`l qo`ygan qo`pol xato va kamchiliklari uchun yordamchi mazkur MTT tarbiyachilari R.M. va A.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar