AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 6 ta viloyatida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning 6 ta viloyatida qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda  ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog`li hududlarda qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar