“Batik Air” aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:58 da “Batik Air” aviakompaniyasi borti Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha ilk parvozni amalga oshirib, Toshkent xalqaro aeroportiga qo`ndi.
Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlar haftasiga bir marta juma kunlari Boeing 737 va Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelajakda aviatashuvchi reyslar chastotasini oshirish hamda mintaqadagi yo`nalishlar tarmog`ini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
"Batik Air" - Indoneziyaning "Lion Air" loukoster aviakompaniyasining sho`ba korxonasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Jakartada joylashgan aviakompaniya muntazam ravishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.






