AsosiyJamiyat

Nimalar taqiqlanadi? Bog`cha va maktablarda yangi yil bayramini o`tkazish bo`yicha tavsiyalar e`lon qilindi

'Nimalar taqiqlanadi? Bog`cha va maktablarda yangi yil bayramini o`tkazish bo`yicha tavsiyalar e`lon qilindi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi bog`cha hamda maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini o`tkazish bo`yicha tavsiyalarini e`lon qildi.

Unga ko`ra bayramni nishonlash bahonasida o`quvchi va pedagoglarning noqonuniy pul yig`ishi, Yangi yilni restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida nishonlash, ta`lim tashkiloti rahbariyati hamda pedagog xodimlarining bayram munosabati bilan o`quvchilar, ularning ota-onalaridan sovg`alar olishi taqiqlanadi.

Shuningdek, bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko`chirish – o`quvchilarning turli xil pirotexnik vositalarni olib kelishi hamda ulardan foydalanishi qat`iyan taqiqlanadi.

Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, foye, faollar yoki sport zallarini va muassasa hududini bayramona bezatish, yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida bayramga bag`ishlab turli ko`rik-tanlovlar tashkil etish, o`quvchilar tomonidan yangi yil bayrami bilan bog`liq turli xil ertaklar hamda sahna ko`rinishlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar