AsosiyJamiyat

"Og`ir tan jarohati olgan". Farg`onada YTH sodir etgan Tahoe haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'"Og`ir tan jarohati olgan". Farg`onada YTH sodir etgan  Tahoe haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Marg`ilon shahrida Tahoe va Tico mashinalari ishtirokida YTH sodir bo`lgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 13:00 lar chamasida Marg`ilon shahar A.Yassaviy-Tinchlik ko`chalari kesishgan chorrahasi avtomabil yo`lida fuqaro M.Yu “CHEVROLET TAHOE-2” avtomashinasini boshqarib ketayotib, o`ziga nisbatan qarama-qarshi yo`nalishga o`tib, ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.T. boshqaruvidagi “TISO” rusumli avtomashinaga urilib, yo`l ulov hodisasini sodir etgan. 

Natijada “TISO” rusumli avtomashina haydovchisi S.T. tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga murojaat qilgan.

Marg`ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorining bergan ma`lumotnomasiga ko`ra, S.T. da og`ir tan jarohati – bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 


 

    Boshqa yangiliklar