Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Al Jazeera Kuvayt davlat televideniesiga tayanib, xabar berdi.
Amirning o`limi sabablari oshkor etilmagan. Noyabr oyi oxirida u “sog`lig`i bilan bog`liq muammolar” tufayli zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Kuvaytni 2020 yildan beri boshqarib kelardi. U avvalgi amir, o`gay akasi Saboh IV ning vafotidan keyin ushbu lavozimini egallagan.
As-Saboh sulolasi Kuvaytni XVIII asr o`rtalaridan buyon boshqarib keladi. Navaf al-Ahmad al-Jobir bu sulolaning o`n oltinchi hukmdori va Kuvayt Britaniyadan mustaqil bo`lganidan keyin oltinchi amiri bo`ldi.






