AsosiyDunyo

Braziliyalik qo`shiqchi Pedro Enrike sahnada qo`shiq kuylayotganda yurak xurujidan vafot etdi (video)

'Braziliyalik qo`shiqchi Pedro Enrike sahnada qo`shiq kuylayotganda yurak xurujidan vafot etdi (video)'ning rasmi

Braziliya shtatlaridan birida konsertda, 30 yoshli braziliyalik qo`shiqchi Pedro Enrike to`satdan sahnada vafot etdi.

San`atkor portugalcha “Juda go`zal” mazmunidagi "Vai Ser Tao Lindo" qo`shig`ini ijro etayotgan paytida birdan oyoqlari bo`shashib, muvozanatni saqlay olmay qolgan. Pedro sahnaga yiqilganidan so`ng, muxlislari unga yordamga shoshilishgan va qo`shiqchi darhol shifoxonaga yotqizilgan. Afsuski, shifokorlar uning yurak xurujidan vafot etganini ma`lum qilgan. 

Ma`lumot uchun, Pedro uch yoshida musiqa chalishni boshlagan va 2015 yildan buyon professional tarzda qo`shiq ijro etib keladi. Enrike mahalliy guruh bilan bitta albom chiqargan va 2019 yilda u o`zining birinchi mualliflik qo`shig`i Nunsa Falhouni taqdim etgan. Yaqin kunlarda musiqachining You Tube'da yangi loyihasining premerasi bo`lishi kerak edi.

    Boshqa yangiliklar