2023 yilda Amerika ko`chalarida doimiy uy-joyi bo`lmaganlar soni rekord darajadagi 650 mingga etdi. Bu raqamlar AQSh uy-joy va shaharsozlik departamenti tomonidan taqdim etilgan, deb yozadi "TASS".
Departament ma`lumotlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlardagi uysizlarning 40 foizi afro-amerikaliklar, to`rtdan bir qismi keksalar va 10 foizdan kamrog`i ispan millatiga mansub fuqarolardir. Amerikalik uysizlar orasida so`nggi yillarda mamlakatga kelgan ko`plab qochqinlar ham bor.
Boshpanasizlikka barham berish bo`yicha milliy alyans ta`kidlaganidek, mamlakat rahbariyati ko`chirilganlar uchun boshpana berish, shuningdek, ularga ish va uy-joy bilan ta`minlashda tezroq ishlashi kerak.






