22 yoshgacha bo`lgan futbolchilardan tashkil etilgan O`zbekiston terma jamoasi Xitoyning Uxan shahrida bo`lib o`tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.
8 – 13 noyabr kunlari o`tkaziladigan ushbu turnirda Jasur Abduraimov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Meksika, Vetnam hamda Xitoy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
8 noyabr
O`zbekiston U-22 - Meksika U-22
Xitoy U-22 - Vetnam U-22
10 noyabr
O`zbekiston U-22 - Xitoy U-22
Meksika U-22 - Vetnam U-22
13 noyabr
O`zbekiston U-22 - Vetnam U-22
O`zbekiston U-22 tarkibi:
Darvozabonlar: Botirali Ergashev ("Paxtakor"), Dilshod Hamroev ("Obod")
Himoyachilar: Husniddin G`ofurov ("Neftchi"), Abdujamol Isroilov ("Neftchi"), Sardorbek Azimov ("Bunyodkor"), Rustamjon Ashurmatov ("Bunyodkor"), Doston Tursunov ("Qo`qon-1912"), Abbos Otaxonov ("Paxtakor"), Akromjon Komilov ("Bunyodkor")
Yarim himoyachilar: Azizjon G`aniev ("Nasaf"), Jasurbek Yaxshiboev ("Paxtakor"), Doston Ibragimov ("Dinamo"), Xurshid G`iyosov ("Obod"), Saidjamol Davlatjonov ("Dinamo"), Doston Hamdamov ("Bunyodkor")
Hujumchilar: Begzod G`anijonov ("Qizilqum"), Bobir Abduholiqov ("Nasaf"), Andrey Sidorov ("Paxtakor"), Zabixillo O`rinboev ("Bunyodkor").





