“Real Madrid” jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu Marca gazetasining talqini bo`yicha 2015/2016 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik futbolchiga Alfredo di Stefano nomiga bag`ishlangan sovrin berildi. “Real”ning boshqa futbolchisi Alvaro Morata o`tgan mavsumning eng yaxshi ispaniyalik futbolchisi bo`ldi.
“Atletiko” ustozi Diego Simeone eng yaxshi murabbiy, ushbu klubning posboni Yan Oblak eng yaxshi darvozabon bo`ldi.





