Kecha, yakshanba kuni 27 ming nafar namoyishchi Bryussel ko`chalariga chiqib, G`azo sektori tinch aholini himoya qilishni talab qildi.
Dunyo bo`ylab inson huquqlarini himoya qiluvchi 188 tashkilotni birlashtirgan Xalqaro Inson huquqlari federasiyasiga ko`ra, G`azoda sodir bo`layotgan voqealarni genosid deb baholash mumkin. Namoyish “Hozir sulh” shiori ostida o`tkazildi.
"Belgiya, Evropa Ittifoqi va Qo`shma Shtatlar barcha sheriklardir, chunki ular Isroilga qurol etkazib berishda davom etmoqdalar. BMTning genosid konvensiyasi mavjud bo`lib, uchinchi davlatlarni genosidning oldini olish yoki to`xtatish uchun hamma narsani qilishga majbur qiladi. Bu sodir bo`lmayapti ", - dedi Xalqaro Inson huquqlari federasiyasi raisi o`rinbosari.
Aksiya Inson huquqlari ligasi, Belgiya-Falastin assosiasiyasi, Amnesty Internationalning Belgiya bo`limi, Belgiya yahudiy progressivlari ittifoqi, Belgiya umumiy mehnat federasiyasi va boshqa bir qator uyushmalarning chaqiruvi bilan tashkil etildi. Namoyishchilar orasida Falastin bayroqlari hilpirab turar, Isroilning G`azo sektoridagi harbiy amaliyotiga nisbatan G`arbning harakatsizligini qoralovchi yozuvlar tushirilgan plakatlar ko`rindi.






