AsosiyJamiyat

Ohangaron sanoat zonasida 120 mln dollarlik 5 ta loyiha ishga tushiriladi - Prezident

'Ohangaron sanoat zonasida 120 mln dollarlik 5 ta loyiha ishga tushiriladi - Prezident'ning rasmi

Kimyo sanoatida talab yuqori bo`lgan mahsulotlar uchun zarur bazaviy xom ashyoning deyarli barchasi mamlakatimizda mavjudligi, ushbu imkoniyatlarni samarali ishga solish zarurligi qayd etildi.

Umuman, kimyo sohasida 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilgani ma`lum qilindi.

Davlatimiz rahbari elektrotexnika sanoatida mavjud salohiyatni ro`yobga chiqarish masalalariga to`xtaldi. 

Kelgusi yilda tarmoqda 2 milliard dollarlik loyihani amalga oshirish uchun imkoniyat ham, mahsulotlar uchun katta bozor ham borligi ta`kidlandi.

Masalan, Saudiya Arabistonining “Akva Pauer” kompaniyasi bilan 5 gigavattli quyosh va shamol stansiyalarini qurish bo`yicha boshlangan loyihalar uchun kabel kerak bo`ladi. Umuman, hozirda boshlangan 27 gigavatt quvvatli quyosh va shamol stansiyalari loyihalari doirasida 500 million dollarlik kabelga ehtiyoj bor.

Shu munosabat bilan kelgusida Ohangaron sanoat zonasida 120 million dollarlik 5 ta loyihani ishga tushirib, 25 ming tonna misdan kabel va 1,5 mingta transformator ishlab chiqarish, Buxoro shahrida 120 million dollarlik texnoparkni ishga tushirib, 25 million dollarlik maishiy texnikalarni mahalliylashtirish rejalashtirilgani aytildi.

    Boshqa yangiliklar