AsosiySiyosat

Prezident Abdulfattoh as-Sisiga lavozimga qayta saylangani munosabati bilan maktub yo`lladi

'Prezident Abdulfattoh as-Sisiga lavozimga qayta saylangani munosabati bilan maktub yo`lladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga uning ushbu lavozimga qayta saylangani  munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo`lladi.

Tabrikda so`nggi yillarda birgalikdagi sa`y-harakatlar, qat`iy siyosiy iroda va oliy darajadagi faol muloqotlar natijasida O`zbekiston bilan Misr o`rtasidagi ko`p qirrali va uzoq muddatli aloqalar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqilgani qayd etilgan va kelgusida yanada yuksak pog`onaga ko`tarilishiga ishonch bildirilgan.  

    Boshqa yangiliklar