AsosiyDunyo

Islandiyada uzoq kutilgan vulqon otildi

'Islandiyada uzoq kutilgan vulqon otildi'ning rasmi

Islandiya janubi-g`arbidagi Reykyanes yarim orolida bir necha kuchli zilzilalardan so`ng vulqon otildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Avvalroq Grindavik baliqchilar shaharchasidan 4 mingga yaqin odam evakuasiya qilingan, yaqin atrofdagi “Moviy laguna” geotermal kurorti yopilgan edi.

Islandiya meteorologiya boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, otilish mahalliy vaqt bilan 22:17 da Grindavikdan 4 kilometr shimoli-sharqda boshlangan. Mutaxassislarning qo`shimcha qilishicha, seysmik faollik shahar tomon harakatlanmoqda.

Vulqondagi yoriqning uzunligi taxminan 3,5 kilometrni tashkil etadi, lava sekundiga 100-200 kubometr tezlikda oqadi, deya qo`shimcha qildi departament.

Islandiya meteorologiya byurosi ta`kidlaganidek, bu so`nggi yillarda Reykyanes yarimorolidagi vulqon otilishi sonidan bir necha barobar ko`pdir.

Oktyabr oyi oxiridan beri mamlakat poytaxti Reykyavik yaqinidagi mintaqada seysmik faollik kuchaygan, u erda minglab erosti silkinishlari qayd etilgan.

Islandiya meteorologiya byurosi ma`lumotlariga ko`ra, portlashning aniq joyi va hajmini tasdiqlash uchun hududga qirg`oq qo`riqlash vertolyoti jo`natildi.

    Boshqa yangiliklar