AsosiyDunyo

Quvaytning yangi amiri qasamyod qabul qildi

'Quvaytning yangi amiri qasamyod qabul qildi'ning rasmi

Bugun Mashaal al-Jobir al-Ahmad al-Saboh Quvayt Milliy Assambleyasi oldida qasamyod qildi. Bu haqda Quvayt televideniesi xabar bermoqda. 

Milliy televidenie orqali jonli efirda qasamyod qilar ekan Saboh, “Xalqimiz erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, davlatimiz erlarida tinchlik uchun xizmat qilishga qasamyod qilaman” dedi. 

Quvaytning yangi amiri 2020 yil oktyabr oyida valiahd shahzoda bo`ldi. U mamlakatni 1921-1950 yillarda boshqargan, Quvayt amiri Ahmad Al-Jobir Al Muborak Al Sabohning ettinchi o`g`li hisoblanadi.

Saboh Britaniya ta`lim muassasalaridan birining polisiya bo`limini bitirgan va Quvayt Ichki ishlar vazirligida 20 yilga yaqin turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, u 2004 yilda Milliy gvardiya boshlig`ining o`rinbosari etib tayinlangan va uzoq vaqt davomida ushbu tizimni takomillashtirish ustida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar