AsosiyDunyo

“Istanbul Modern” muzeyi tashkil topgan kundan beri 9 million sayyohni qabul qildi

'“Istanbul Modern” muzeyi tashkil topgan kundan beri 9 million sayyohni qabul qildi'ning rasmi

“Istanbul Modern“ o`zining 19 yilligini yangi muzey binosida nishonlamoqda.

Muassasa tomonidan berilgan bayonotga ko`ra, 2004 yil 11 dekabrda tashkil etilganidan buyon muzey 9 million ziyoratchini qabul qilib, 900 mingga yaqin bolalar va yoshlarga bepul san`at darslari berib kelgan.

Muzey ochilganidan buyon 77 ta muddatli va kolleksiya ko`rgazmalari, 42 ta fotosuratlar, 13 ta video ko`rgazmalar va 17 ta xalqaro ko`rgazmalar o`tkazilib, 422 ta kino dasturi bilan 4 mingdan ortiq filmlar namoyish etildi.

Bayonotga o`z fikrlarini bildirgan “Istanbul Modern” boshqaruv kengashi raisi Oya Ejzajiboshi muzeyning 19 yilligi munosabati so`zlagan nutqida quyidagilarni qayd etdi:

”Respublikamizning 100 yilligi munosabatibilan arxitektor Renzo Piano tomonidan loyihalashtirilgan muzey hozirgi kunga kelib shahrimiz va yurtimizning ramziy binolaridan biriga aylanganini ko`rishdan xursandmiz. O`n to`qqiz yilni ortda qoldirib, yigirmanchi yilimizga qadam qo`yar ekanmiz, taklif etiladigan xizmatlarimizga munosib loyihalashtirilgan binomizning o`ziga xos ustunliklari, infratuzilmalari, texnologiyalari va tashrif buyuruvchilarga yo`naltirilgan ijobiy xususiyatlari bilan xalqaro diqqatga sazovor markazlardan biri o`laroq shahrimizning turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo`shadi.”.

Ma`lumot o`rnida, muzey arxitekturasida dunyo miqyosidagi mutaxassislik va tajribaga ega bo`lgan Renzo Piano Building Workshop tomonidan ishlab chiqilib, mahalliy va xorijiy ziyoratchilarni birdek jalb qila olgan “Istanbul Modern”ning 2023 yil 4 mayda ochilgan yangi binosi birinchi olti oyda 500 ming kishi tomonidan ziyorat qilingan.

    Boshqa yangiliklar