AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik erkak ushlandi

'Rossiyada o`zbekistonlik erkak ushlandi'ning rasmi

Rossiyaning Stavropol o`lkasida terakt uyushtirmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Baza xabar berdi.

Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari hukumat binosi yonida bomba portlatmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosini qo`lga oldi. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, teraktni Stavropoldagi avtoyuvish shoxobchasida ishlovchi 21 yoshli O`zbekiston fuqarosi rejalashtirgan. 

FSB ma`lumotlarida u “Islomiy davlat” (IShID) a`zosi bo`lgani ma`lum qilingan. 9 dekabrdan 14 dekabrgacha u uyda ammiakli selitra asosida ikkita portlovchi moslama yasagan. O`zbekiston fuqarosi Lenin maydonidagi hukumat binosi yaqinida ularni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Baza xabariga ko`ra, 18 dekabr kuni ushbu shaxsga nisbatan teraktga tayyorgarlik ko`rish moddasi bo`yicha ish ochilgan. Agar aybi isbotlansa, u 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar