Meksika chempionati havaskorlar ligasida futbolchi unga qizil kartochka ko`rsatgan hakamning joniga qasd qildi. Bu haqda “iSport.ua” ma`lum qilmoqda.
Hodisa Tulansingo shahrida sodir etildi. Ruben Rivera Vaskes maydondan chetlatilgach o`z hissiyotlarini jilovlay olmadi va 59 yoshli hakam Viktor Trexoning yuziga bosh bilan zarba berdi.
Hakam yiqilib, hushini yo`qotdi va unga ko`rsatilgan tibbiy yordam naf keltirmadi. Vaskes voqea joyidan yashinirgan. Uni polisya izlamoqda.





