Sadir Japarov Qirg`iziston bayrog`ini o`zgartirish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Sputnik Qirg`iziston xabar qildi.
20 dekabr kuni Yuqori Kengash mazkur hujjatni ikkinchi va uchinchi o`qishda muhokamasiz ma`qulladi.
Bayroq tasviri tushirilgan barcha turdagi rasmiy hujjatlar amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi, shuningdek, bayroq tasvirlangan davlat raqamlari va avtomashinalarni ro`yxatdan o`tkazish guvohnomalari esa tegishli organ ularni almashtirish to`g`risida qaror qabul qilgunga qadar amal qiladi.
Qirg`izistonda yangi bayroq ko`tarilganda ham eski bayroqni hurmat qilish talablari o`z kuchida qoladi. Bu haqda Sadir Japarov ko`rsatma berdi, dedi prezident matbuot kotibi Askat Alagozov.
Unga ko`ra, bayroqni o`zgartirish to`g`risidagi qonun “Erkin-Too” gazetasida (kelasi hafta seshanba kuni e`lon qilinadi) e`lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
"Vazirlar Mahkamasi Davlat bayrog`ining texnik shartlarini tasdiqlashi kerak. Buning asosida yangi bayroq tayyorlanadi va binolardagi bayroqlar almashtiriladi", - deya tushuntirdi Alagozov.
Bu biroz vaqt talab etadi, dedi u.






