“Barselon” himoyachisi Jerar Pike jarohatidan forig` bo`lib, yakka tartibda mashg`ulotlar o`tamoqda.
Klub rasmiy saytining ma`lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi “Tvitter”dagi sahifasiga safga qaytganini ma`lum qilib, mashg`ulotlarda tushgan suratini yuklagan.
Eslatib o`tamiz, Jerar Pike 19-oktyabr kuni “Manchester Siti”ga qarshi (4:0) EChL 3-turida jarohat olgan va o`shandan buyon maydonga tushmayotgan edi.





