Iroqda Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) jangarilari bilan to`qnashuvlarda 12 nafar turk askari halok bo`ldi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Turkiya harbiy-havo kuchlari bunga javoban shimoliy Iroq va Suriyada operasiya boshladi. Nishonga Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari tomonidan foydalanilgan bazalar, boshpana va neft ob`ektlari kiritildi.
Turkiya Mudofaa vazirligi so`nggi ikki kun ichida Iroq shimolida KIP jangarilari bilan to`qnashuvlarda 12 turk askari halok bo`lganini ma`lum qildi. Ular 23 dekabr kuni davom etayotgan to`qnashuvlarda KIP nishonlariga qarshi amaliyotlar o`tkazib, kamida 16 KIP jangarisini zararsizlantirgan.
“Hozirgi kunga qadar Iroq va Suriya shimolida 12 nafar terrorchi yo`q qilindi. Ularga qarshi kurash oxirgi terrorchi yo`q qilinmaguncha davom etadi” — dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on.
Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya va Iroq shimolidagi havo hujumlarida Kurdiston Ishchi partiyasining 29 ta ob`ektiga zarba berilgani haqida ma`lum qildi
“Havo hujumlarida terror tashkiloti hamda terrorchilikda gumon qilinganlar va ularning rahbarlari tomonidan foydalanilgan g`orlar, bunkerlar, boshpanalar, neft inshootlari va omborlar bo`lgan jami 29 ta nishon yo`q qilindi”, — deyiladi xabarda.






