AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik migrant 4-sinf qizlarini zo`rlagani aytilmoqda

'Rossiyada o`zbekistonlik migrant 4-sinf qizlarini zo`rlagani aytilmoqda'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 44 yoshli O`zbekiston fuqarosi ikki nafar 4-sinf o`quvchisini zo`rlaganlikda gumonlanib qo`lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Qo`lga olingan shaxs 18 dekabr kuni ertalab Pushkinskaya ko`chasida maktabga ketayotgan qizlarga shahvoniy xarakterdagi zo`ravonlik harakatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

O`zbekiston fuqarosi izolyatorga joylashtirilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.

Sankt-Peterburg bo`yicha Tergov qo`mitasining Bosh tergov boshqarmasining tergov organlari ushbu fakt bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi. Ayblanuvchiga nisbatan ayblov e`lon qilingan va tergov talabiga binoan u sud tomonidan hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar