AsosiySport

Neymar Messi va Maskeranoni Braziliyaga xususiy samolyotida olib ketdi (Foto))

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar klubdoshlari Lionel Messi va Xaver Maskeranoni shaxsiy samolyotida Braziliyaga olib keldi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

JCh–2018 saralashida Braziliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini o`z maydonida Argentina futbolchilariga qarshi o`tkazadi. Mazkur o`yinda bir-biriga qarshi o`ynaydigan "Barselona" futbolchilari Ispaniyadan Braziliyaga Neymarning xususiy samolyotida uchdi.

Braziliya terma jamoasi sardori Neymar raqib etakchilari – Lionel Messi va Xaver Maskeranoni o`yin bo`ladigan Belu-Orizontigacha olib keldi.  Ayni paytda Janubiy Amerika saralash turniri jadvalida Braziliya 21 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Argentina esa beshinchi o`rinda bormoqda.

Boshqa yangiliklar