Panorama Airways’ning Toshkent–Jidda yo`nalishidagi parvozi 7 soatdan ko`proqqa kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Panorama Airways aviakompaniyasining Toshkent–Jidda yo`nalishidagi 5P5359 reysi poytaxt aeroportida texnik sabablarga ko`ra 7 soatdan ko`proqqa kechiktirildi. Yo`lovchilar Toshkent xalqaro aeroporti terminaliga joylashtirildi. Aviakompaniya yo`lovchilarni ichimlik va issiq ovqat bilan ta`minladi.






