AsosiyJamiyat

Navoiydagi turmada mahkum choyshabdan sirtmoq yasab, joniga qasd qildi

'Navoiydagi turmada mahkum choyshabdan sirtmoq yasab, joniga qasd qildi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Navoiy shahrida 25 dekabr kuni soat 14:40 larda IIV JIEK qoshidagi turma uchastkasida jazo muddatini o`tayotgan mahkum o`z joniga qasd qilgan. U choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga o`rnatilgan temir panjaraga o`zini osishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga tasdiqladi

Hozirda jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan bo`lib, uning o`z joniga qasd qilish sabablari o`rganilmoqda. Shuningdek, maxsus prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 24 yoshli mahkum Samarqand viloyati Toyloq tumani sudining 2021 yil 10 noyabrdagi hukmiga kura, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-kismi (qasddan odam o`ldirish) va 60-moddasi (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan 14 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

2022 yilning 23 noyabr kuni Toshkent viloyati Olmalik shahar sudining hukmiga kura, u JKning 221-moddasi 2-kismi (jazoni ijro etish muassasasi ma`muriyatining qonuniy talablariga bo`ysunmaslik) va 60-moddasi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, Toshkent viloyati sudi apellyasiya instansiyasining 2023 yil 21 fevraldagi ajrimiga asosan jazo muddati 14 yilga keltirilgan. Ma`lum bo`lishicha, shu yilning 30 may kuni Koson tumani sudining ajrimiga asosan o`talmay qolgan 13 yil 4 oy jazo muddatining 3 yilini turma tartibida o`tash belgilangan.

    Boshqa yangiliklar