Avval xabar berganimizdek, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoyda o`tkazilayotgan xalqaro o`rtoqlik turnirida ishtirok etmoqda.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu turnir doirasida O`zbekistonning dastlabki raqibi Meksika bo`ldi. Uxan shahridagi "Wuhan Sports Center" stadionida bo`lib o`tgan uchrashuv, meksikaliklarning 2:0 hisobidag`i g`alabasi bilan yakun topdi.
Ushbu xalqaro turnir doirasida O`zbekiston keyingi uchrashuvini musobaqaga mezbonlik qilayotgan Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. O`yin 10 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 16:35da start oladi.
O`zbekiston U-22 - Meksika U-22 0:2
8 noyabr 2016, "Wuhan Sports Center" stadioni
O`zbekiston: Dilshod Hamraev, Rustam Ashurmatov (s), Akramjon Komilov (Begzod G`anijonov, 81), Xurshid G`iyosov (Saidjamol Davlatjonov, 68), Dostonbek Tursunov, Jasurbek Yaxshiboev, Abdujamol Isroilov, Abbos Otaxonov, Dostonbek Hamdamov, Doston Ibragimov (Andrey Sidorov, 68), Zabixillo O`rinboev.