AsosiyJamiyat

Jizzaxlik ota go`dak farzandini turli shakldagi vahshiyona hatti-harakatlar bilan qiynadi(video)

'Jizzaxlik ota go`dak farzandini turli shakldagi vahshiyona hatti-harakatlar bilan qiynadi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi go`dak bolaga turli shakldagi qiynash, uni hayoti va sog`lig`ini xavfga soluvchi harakatlar qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Aniqlanishicha, insoniylikka mutlaqo zid mazkur jinoiy harakatlar Jizzax shahrida yashovchi, bolaning otasi deb aytilayotgan shaxs A.B. tomonidan farzandiga muttasil ravishda sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan bolaning onasi IIBga murojaat etib, 2023-yil 20-dekabr kuni JKning 110 (Qiynash), 112 (O`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday g`ayriinsoniy munosabatda bo`lgan shaxslarga qonun doirasidagi javobgarlik qat`iy ta`minlanishi yuzasidan o`z kuzatuvini davom ettiradi", - deyiladi rasmiy munosabatdi.

    Boshqa yangiliklar