2023 yil davomida dunyo bo`ylab bir qancha rekordlar qayd etildi. Bu safar ham insonlar “eng...eng...eng...” degan e`tirofga sazovor bo`lish uchun “chegaralarni buzib o`tish”da, yangi marralarn zabt etishda davom etganini ko`rish mumkin. “Imkonsiz narsaning o`zi yo`q” ekanini namoyon etuvchi yangi rekordchilar bilan tanishtiramiz.
“AVVAL TAOM, KEYIN KALOM”
Eng katta pissa tayyorlandi
Pizza Hut – eng katta pissa “Ginnes rekordlari kitobi”dan avval ham joy olgan: 2012 yil Rimda NIPfood kompaniyasi 1261.6 kv. metrli pissa tayyorlagan. Bu safar tashabbus Los-Anjelesdayashovchi bloger Erik Dekkerdan chiqdi. Uning YouTube’dagi sahifasi 10 mln obunachiga ega. Bunga u Pizza Hut kompaniyasi bilan birgalikda 1 299.7 kv. metrlik ulkan pissa tayyorlab, erishdi. Taomga 6 ming 192 kg xamir, 2 ming 244 kg shirinsous, 3 ming 991 kg pishloq va 630 ming 496 bo`lakpepperoni (kolbasa turi) ishlatildi. Usti ko`kat va ziravorlar bilan bezatilib, pishirildi. Rekord rasman tasdiqlangach, pissa bo`laklarga bo`linib, xayriya tashkilotlariga tarqatildi.
“SOCh EMAS BU – ShARShARA”
32 yildan beri o`sayotgan soch 2 metrdan oshib ketdi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yashovchi 46 yoshli Smita Shrivastava 14 yoshidan buyon sochini o`stirib keladi. Bu yil uning sochi uzunligi 236,22 sm (7 fut 9 dyuym)ga etib, dunyo rekordiga erishdi.
Smitaning ilhomlantiruvchisi onasi bo`ladi. Shuningdek, uning o`zi 80-yillar hind aktrisalarining uzun va jiloli sochlariga havas qilib kelgan.
“Hind madaniyatida ayollarning sochi uzun bo`lishi odatga aylangan. Soch kesishga yaxshi ish emas, deb qaralgan, shuning uchun ayollar doim uni o`stirgan. Uzun sochlar – ayollarning chiroyidir”, –deydi rekordchi.
Uzun sochlarga parvarish ham kerak. Smita sochlarini yuvib quritish, tarash va turmaklashga har kuni 3 soatgacha vaqt sarflaydi. Uning qo`shimcha qilishicha, to`kilgan sochlarini ham 20 yildan beri to`plab keladi. Endi u Ginnesning rekordchilari safidan joy olganidan mamnun.
“HISOBDA ADAShSANG HAM, HAYoTDA ADAShMA”
Kalkulyator-odam rekordi
Iordaniyalik 51 yoshli Muhammad Sayaxin gap jumlasidagi harflarni tezda sanab berish qobiliyati bilan “Ginnes rekordlari kitobi”ga kirdi. U 10 ta gapda nechta harf borligini 35,5 soniya ichida aytdi. Harflarni hisoblayotganida aqliy konsentrasiya va barmoqlarining sezgirligiga tayanishini ma`lum qilgan.
Rekordchi 11 yil oldin “Arabs Got Talent”teleserialida qobiliyatini namoyish etib, tanilgandi.
“Men gapdagi harflarni sanashni maktab paytida boshlaganman. Hamma bolalar shunday qiloladi, deb o`ylardim. Matematika o`qituvchim bunday emasligini, menda qobiliyat borligini aytgach, tushunganman”, – deydi Muhammad Sayaxin.
“HAYoT KURAShIShDAN IBORAT”
Rekordlarga “to`ymas” sportchi
Buyuk Britaniyada yashovchi 18 yoshli Tom Enoxsportning fitnes turi bilan shug`ullanadi va murabbiylik qiladi. U so`nggi bir necha yilda “Ginnes rekordlari kitobi”ning 24 ta sertifikatini qo`lga kiritgan. Tom Ginnesning yulduziga aylangan, deyish ham mumkin.
U Daun sindromi kasalligi bilan og`riydi. Uning sportga mehri bo`lakcha. Hozirgacha o`tirib turish, “otjimaniya” mashqlarini bajarishda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.