Toshkent viloyatida go`shtlar ichiga yashirilgan 350 dona gilza aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
«Yallama-terminal» bojxona punktiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi «Gazel» rusumli avtotransport vositasidagi kurerlik jo`natmalar bojxona nazoratidan o`tkazilgan.
Bojxona ko`rigi natijasida avtotransport vositasiga yuklangan tovarlar orasida go`sht mahsulotlar ichiga xufiyona yashirilgan jami 14 qutida 350 dona ov quroli uchun gilzalar borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






