Xalqaro "Havo sifati indeksi" sayti ayni vaqtda Toshkent shahri havosida PM 2.5 konsentrasiyasi JSST havo sifatining yillik standartidan 13,4 baravar yuqoriligini ko`rsatmoqda.
Sayt bu erdagi havo sifatini nosog`lom, deya baholagan. Va Toshkent aholisiga tashqarida mashq qilmaslik, iflos havodan saqlanish uchun derazalarni yopish, maska taqish hamda havo tozalagichlarni ishga tushirishni(agar bunday uskuna bo`lsa albatta) tavsiya etmoqda.






