AsosiyDunyo

Qozog`istonning Uralsk shahridagi kafeda portlash sodir bo`ldi (video)

'Qozog`istonning Uralsk shahridagi kafeda portlash sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi G`arbiy Qozog`iston viloyati O`ral shahri Sirim Datov ko`chasida joylashgan kafeda portlash sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib, Sputnik ma`lum qildi.

Unga ko`ra, joriy yilning 4 yanvariga o`tar kechasi soat 02:07 da 101 boshqaruv pultiga portlash haqida xabar kelib tushgan. Dastlabki prognozlarga ko`ra, gaz-havo aralashmasining portlashi natijasida bino hududi vayron bo`lgan, 110 kvadrat metr maydon yonib ketgan.

“Yong`in soat 02:40 da o`t o`chiruvchilar tomonidan o`chirildi. Voqea joyida 13 texnika, 39 nafar shaxsiy tarkib xodimi va 8 nafar qutqaruvchi ish olib bordi. Shuningdek, 2 ta tez tibbiy yordam brigadasidan 18 kishi, 28 nafar ichki ishlar organi xodimi, 7 ta texnika safarbar etilgan”, deyiladi xabarda.

Voqea joyiga G`arbiy Qozog`iston viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, polisiya, mahalliy ijroiya organlari va tez tibbiy yordam xizmati safarbar etilgan. Hozirda FVV kuchlari tomonidan vayron qilingan inshootlar ostidan 6 kishi topilib, qutqarilgan. Ulardan 5 nafari tibbiyot muassasalariga etkazilgan. 2 kishi voqea joyida vafot etgan. Vayronalar ostida hali ham odamlar bo`lishi mumkinligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar